Bo'stonliq tumani, G'azalkent shahriDush–Shan: 08:00 – 17:00
Bog'lanish
Kuchli bilim va go'zal axloq

FarabiSCHOOL

Matematika, ingliz tili va arab tiliga ixtisoslashgan zamonaviy ta'lim muassasasi

Farabi School binosi
📖Kuchli bilim

Akademik bilim, mustaqil fikrlash va zamonaviy ko'nikmalar.

🌿Go'zal axloq

Mas'uliyat, odob va ijodkorlik — tarbiyaning asosi.

Biz haqimizda

FARABI SCHOOL qanday maktab?

Farabi School — G'azalkent shahrida joylashgan, matematika, ingliz tili va arab tiliga ixtisoslashgan zamonaviy xususiy ta'lim muassasasi. Maktabda nafaqat akademik bilimlar, balki mustaqil fikrlash, mas'uliyat, ijodkorlik va zamonaviy ko'nikmalarni shakllantirishga ham alohida e'tibor qaratiladi. Maktabda 21 ta sinfda 500 ga yaqin o'quvchi tahsil oladi. Maktabning 2 ta filiali bor: G'azalkent shahrida (2023-yilda ochilgan) va Toshkent shahrining Chilonzor tumanida (2026-yilda ochilgan).

500o'quvchi
21sinf
40oliy ma'lumotli pedagog
2filial
116sertifikat
Maktab asoschisi

Ertangi kun yetakchilarini tarbiyalaymiz

Maktabimizning asosiy maqsadi — har bir oʻquvchiga zamonaviy va mukammal bilim berishdir. Biz nafaqat nazariyani oʻrgatamiz, balki oʻquvchilarimizda mantiqiy fikrlash hamda bilimlarni amalda qoʻllash koʻnikmalarini shakllantiramiz. Har bir bolaning kelajakda oʻz sohasining yetuk mutaxassisi boʻlishi — bizning birinchi galdagi vazifamizdir.

XOJIAKBAR IBROHIM
Maktab asoschisi · +998 90 919 45 11
Xojiakbar Ibrohim
Maktab o'sishi

O'quvchilar soni yildan-yilga ortmoqda

O'quv yili boshiga o'quvchilar soni 2023–2024 yilda 207 nafar bo'lgan bo'lsa, 2025–2026 yilga kelib 306 nafarga yetdi. Bu taxminan 1,5 barobar o'sish.

207
71
136
2023–2024
248
101
147
2024–2025
306
129
177
2025–2026
UmumiyBoshlang'ichYuqori sinf
Ta'lim yo'nalishlari

Ixtisoslashgan fanlar

Boshlang'ich sinflar (1–4)

Ingliz tili, Arab tili, Matematika, Kitobxonlik, Mental arifmetika. Darslar zamonaviy dasturlar asosida olib boriladi.

Ingliz tili

Beginner, Elementary, Pre-Intermediate, Intermediate, CEFR va IELTS darajalarida.

Arab tili

5–11-sinflarda 80% o'quvchi arab alifbosini biladi va bemalol o'qiy oladi. Qolgan 20% 3-chorak boshida grammatikaga o'tadi. Bilim darajasi A1–A2 oralig'ida, undan yuqorilari ham bor.

Matematika

1-2-3 darajalarga bo'lib o'rgatiladi; milliy sertifikatga tayyorlov.

Nega darajalarga bo'lamiz?

Hech bir o'quvchi darslardan orqada qolmaydi va bu ta'lim sifatini oshiradi.

1-sinf: Poydevor yaratish

Sodda tenglamalar, ko'paytirish jadvaliga o'tish; ingliz tilida o'zini tanishtirish; Round-Up kitoblari asosida darajali darslar.

2-sinf: Ko'nikmalar

2-3 xonali sonlar ustida amallar, murakkab masalalar, ko'paytirish jadvali to'liq yod olingan, yangi lug'atlar va nutq.

3-sinf: Mantiqiy tafakkur

4-5 xonali sonlar, murakkab tenglamalar, iqtidorli o'quvchilar uchun qo'shimcha darslar, ingliz tilida o'zi haqida gapirish.

4-sinf: Akademik cho'qqi

Kasrlar, Pre-Intermediate darajasi tamomlandi, ingliz tilida erkin nutq, yuqori bosqichga to'liq tayyorgarlik.

Erishgan yutuqlarimiz

2025–2026 o'quv yili natijalari

Xalqaro olimpiadalar

Yaponiya, Turkiya, AQSh va IRN olimpiadalarida ~100 o'quvchi qatnashdi. Expert STEM olimpiadasida ~20 o'quvchi AQShdagi final bosqichiga yo'llanma oldi.

G'oliblar

Aytbayev Saidrasul — Ozarbayjondagi xalqaro matematika musobaqasida 1-o'rin. Melisova Mubina — Indoneziyadagi olimpiadada jamoaviy g'alaba.

SAT va IELTS

SAT: 1280 va 1320 ball. IELTS: eng yuqori natija 7.0 overall, qolganlari 5.5–6.

CEFR

40 ta milliy CEFR sertifikati: 32 tasi B2, 8 tasi B1 darajasida.

Kitobxonlik

3–5-sinflar 9–18 ta, 6–8-sinflar 10–35 tagacha kitob o'qidi. G'oliblar Samarqand va O'zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga bepul sayohat qildi.

11-sinf

Universitetga kirish fanlaridan 150 balldan yuqori natijalar; har bir o'quvchida kamida 3 ta fan bo'yicha sertifikat.

O'QITUVCHILAR VA O'QUVCHILAR YUTUQLARI

0O'QUVCHILAR
0OLIY MA'LUMOTLI PEDAGOGLAR
0SERTIFIKATLAR
0SINFLAR
Olimpiadalar

Olimpiada va musobaqa natijalari

AQSh xalqaro olimpiadasi

Ingliz tili va matematika fanlaridan o'tadigan xalqaro olimpiadada 13 nafar o'quvchimiz qatnashdi va AQShga yo'llanma qo'lga kiritdi.

🥇1oltin
🥈6kumush
🥉2bronza

Indoneziya xalqaro olimpiadasi

Ingliz tili olimpiadasiga 2 nafar o'quvchi qatnashib, 1 nafari FINAL yo'llanmasini oldi. Asmo olimpiadasida "Best Team of Each Country" yo'nalishi bo'yicha oltin medal, individual yo'nalishda esa 4-o'rin.

"Yuksalish" xususiy maktabi olimpiadasi

5 nafar o'quvchimiz qatnashdi: 2 nafari matematika va ingliz tilidan 2-o'rinni, 1 nafari ingliz tilidan 3-o'rinni egalladi.

2023–2024: Rahimov School fan olimpiadasi

15 nafar o'quvchi qatnashdi. 1-o'rinlar: matematika 4, ingliz tili 4, ona tili 3 nafar. 2- va 3-o'rinlar: o'qish savodxonligi bo'yicha 5 nafar o'quvchi.

Bizning yutuqlar

Sertifikatlar

0jami milliy va xalqaro sertifikat

≈ belgisi ball bo'yicha taxminiy hisoblangan sonlarni bildiradi.

Bitiruvchilarimiz

2026-yil qabul natijalari

Bitiruvchilarimiz 2026/2027 o'quv yili uchun oliy ta'lim muassasalariga talabalikka tavsiya etildi.

202026-yil bitiruvchilari
12oliy o'quv yurtiga kirdi
192027-yil bitiruvchilari
189eng yuqori ball
180.9o'rtacha ball

Ballar 189 balldan hisoblangan. Eng uzun chiziq — eng yuqori natija.

1
Abdiraximova Sh. A.Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti · Xalqaro munosabatlar
189.0Davlat granti
2
Suxrobidinova Nilufar MashxurovnaO'zbekiston Milliy universiteti · Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili
186.8Davlat granti
3
Jo'raxo'jayeva Zebo To'lqinxo'ja qiziJahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti · Xalqaro munosabatlar
185.7Davlat granti
4
Odilova Noila Shokir qiziO'zbekiston davlat jahon tillari universiteti · Tarjima nazariyasi va amaliyoti: xitoy tili
184.1To'lov-kontrakt
5
Rustamova Shabnam Shuxrat qiziO'zbekiston milliy pedagogika universiteti · Xorijiy til va adabiyoti: xitoy tili
182.7To'lov-kontrakt
6
Xamidova Zebo Azim qiziO'zbekiston davlat jahon tillari universiteti · Filologiya va tillarni o'qitish: turk tili
182.4To'lov-kontrakt
7
Raxmatova Dilnavoxon Hamza qiziO'zbekiston milliy pedagogika universiteti · O'zbek tili va adabiyoti
178.8Davlat granti
8
Xasanova Dilnura BaxodirovnaChirchiq davlat pedagogika universiteti · Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
178.0To'lov-kontrakt
9
Nigmanova Nixola Ne'zom qiziChirchiq davlat pedagogika universiteti · Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
175.2Davlat granti
10
Valijonova Gulsevar Elyorjon qiziO'zbekiston davlat jahon tillari universiteti · Filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili
166.2Davlat granti

Mirzabdullayev Mirsaid

Westminster International University in Tashkent. Certificate of International Foundation Studies (2026-yil 2-sentabrdan).

Yangiliklar

So'nggi yangiliklar

Farabi School2024–2025
Shartnoma imzolash

Turkiyaning Mektebim koleji bilan shartnoma imzolandi

Hamkorlik suhbatlaridan so'ng 2024–2025 o'quv yili uchun o'zaro shartnoma imzolandi.

Batafsil →
Farabi SchoolDekabr
Indoneziya xalqaro olimpiadasi g'olibi

Indoneziya olimpiadasida oltin medal

Best Team of Each Country yo'nalishi bo'yicha oltin medal, individual yo'nalishda 4-o'rin.

Batafsil →
Farabi School1–2-chorak
Samarqand sayohati: Registon

Kitobxonlar Samarqandga bepul sayohatda

5–8-sinflardan 40 nafar o'quvchi 7–9 ta badiiy asar o'qib sayohat yo'llanmasini oldi.

Batafsil →
Farabi School3–4-chorak
O'zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi

Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat

55 nafar o'quvchi 8–9 ta badiiy asar o'qib markazga bepul sayohat yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Batafsil →
Maktab hamkori

Mektebim Koleji (Turkiya)

Mektebim Koleji — Turkiyadagi yirik xususiy maktablar tarmog'i. Ochiq manbalarga ko'ra, u 2011-yilda Istanbulda 150 ta o'quvchi bilan boshlangan va bugun mamlakatning o'nlab viloyatlarida 30 dan ortiq kampusga ega. Tarmoq maktabgacha ta'limdan tortib boshlang'ich, o'rta maktab, Anadolu va Fen litseylari hamda kasb-texnika litseylarigacha ta'lim beradi.

  • Sancak Group tarkibiga kiradi.
  • Nomi 1928-yilda Mustafo Kamol Otaturk tashkil etgan "Millat maktablari"dan olingan.
  • "Yaxlit ta'lim modeli" asosida o'quvchilarni izlanuvchan, loyiha yaratadigan, jamoada ishlay oladigan va kamida bitta xorijiy tilni yaxshi biladigan qilib tarbiyalashni maqsad qiladi.
  • Xorijiy tillarni o'rgatishga alohida e'tibor beradi.
Turkiya bilan xalqaro hamkorlik

Turkiya metodik qo'llanmalari

Turkiyaning xalqaro darajadagi metodik qo'llanmalarini tarjima qilib, amaliyotga joriy etganmiz. Maxsus 3 ta kitob asosida bolalarga yoshligidan quyidagilar o'rgatiladi:

🤝 Odob-axloq qoidalari💰 Pulga bo'lgan to'g'ri munosabat📊 Moliyaviy savodxonlikning ilk ko'nikmalari

Joriy tizimimiz

💻

EDU tizimi

Ota-onalar farzandining o'qishi va rivojlanishini kuzatib borishi mumkin. Barcha ma'lumotlar aniq va tushunarli tarzda taqdim etiladi.

📚

Mektebim kitoblari

Bog'cha va boshlang'ich sinf kitoblarining 3 tasi tarjima qilindi. Tanqidiy fikrlash, hayotiy ko'nikmalar va moliyaviy savodxonlik uchun amaliy kitoblar mavjud.

📱

Ilovalar

Ingliz tilini qiziqarli o'rganish imkoniyati: Ratoonland, TeacherX, The Globals, The Globals JR, Twin Bilim, BookR Class, BookR Next.

🌐

Online darslar

Mektebim sayti orqali onlayn darslarga kirish mumkin.

📝

Imtihonlar

Yilda bir marta Cambridge tizimi bo'yicha imtihon o'tkaziladi. Turkiyalik mutaxassislar baholaydi va oxirida sertifikatlar topshiriladi.

🚌

Ekskursiya va musobaqalar

Yilda bir marta o'quvchilar real ta'lim muhitini ko'rish imkoniyatiga ega bo'ladi. Farzandlaringiz 50 ta turk maktabidagi tengdoshlari bilan musobaqalarda ishtirok etadi.

Farabi School bilan hamkorlik

Turkiyadan Mektebim koleji vakillari maktabimizga tashrif buyurdi. Sifatli ta'lim metodikalaridan foydalanish, zamonaviy innovatsion ta'lim yo'llarini joriy etish va o'quvchilarga yanada sifatli ta'lim berish bo'yicha suhbatlar o'tkazildi. Natijada Mektebim koleji bilan Farabi School o'rtasida 2024–2025 o'quv yili uchun o'zaro shartnoma imzolandi.

@farabimaktabi · @mektebimkoleji

Shartnoma imzolash
Shartnoma imzolash
Mektebim koleji vakillari bilan
Mektebim koleji vakillari bilan
6-A sinfida tashrif
6-A sinfida tashrif
6-A sinf o'quvchilari bilan suhbat
6-A sinf o'quvchilari bilan suhbat
Maktab oshxonasida
Maktab oshxonasida
Madaniyat saroyi zali
Madaniyat saroyi zali
Maktab koridori
Maktab koridori
Farabi School, G'azalkent binosi
Farabi School, G'azalkent binosi
Bizning jamoa

Mutaxassis o'qituvchilar

Barcha o'qituvchilar oliy ma'lumotga va milliy sertifikatlarga ega: 9 nafar boshlang'ich sinf va 31 nafar yuqori sinf o'qituvchisi.

Rahbariyat

Xojiakbar IbrohimXojiakbar IbrohimMaktab asoschisi
+998 90 919 45 11
Akmurzayev Tohir BaxtiyorovichAkmurzayev Tohir BaxtiyorovichMaktab direktori
+998 97 720 84 99
Rahimberdiyeva Muhayyo AbdullaxayevnaRahimberdiyeva Muhayyo AbdullaxayevnaO'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari
+998 99 778 95 78
Yuldashev Toir ZokirovichYuldashev Toir ZokirovichMaktab maslahatchisi
+998 99 495 89 85
Nizamova ShaxzodaNizamova ShaxzodaMaktab psixologi
+998 91 018 45 11

Boshlang'ich sinf ustozlari

Babadjanova Nigina Djumaboy qizi
Babadjanova Nigina Djumaboy qizi1-sinf ustozi
O'ktamova Asal Eduard qizi
O'ktamova Asal Eduard qizi2-sinf ustozi
Norimboyeva Sarvinoz Abror qizi
Norimboyeva Sarvinoz Abror qizi2-sinf ustozi
Saidkarimova Muyassar Fatxullayevna
Saidkarimova Muyassar Fatxullayevna3-sinf ustozi
Usarova Nodira Alimovna
Usarova Nodira Alimovna3-sinf ustozi
Akramova Shoxida Bobir qizi
Akramova Shoxida Bobir qizi3-sinf ustozi
Maxamedova Qurbonbuvi Raximberdi qizi
Maxamedova Qurbonbuvi Raximberdi qizi4-sinf ustozi
Xamadullayeva Ruxshona Zikirillo qizi
Xamadullayeva Ruxshona Zikirillo qiziYordamchi ustoz (4-sinf)

Yuqori sinf ustozlari

Nosirov Doston Baxriddinovich
Nosirov Doston BaxriddinovichMatematika ustozi
Rahimjonov Komiljon Rahimjonovich
Rahimjonov Komiljon RahimjonovichMatematika ustozi
Anorbekov Javohir
Anorbekov JavohirMatematika ustozi
Rahimberdiyev Muzaffar Fazliddinovich
Rahimberdiyev Muzaffar FazliddinovichFizika ustozi
Anorbekov Javoxir Odiljonovich
Anorbekov Javoxir OdiljonovichTarix ustozi
Abdiraximov Ruslan
Abdiraximov RuslanInformatika ustozi
Seytkulova Aysha Nurjanovna
Seytkulova Aysha NurjanovnaIngliz tili ustozi
Xamidullayeva Nigora Ubaydullayevna
Xamidullayeva Nigora UbaydullayevnaIngliz tili ustozi
Nurullayeva Rayhona Xamidullayevna
Nurullayeva Rayhona XamidullayevnaIngliz tili ustozi
Raxmatullayeva Madina Fathullayevna
Raxmatullayeva Madina FathullayevnaIngliz tili ustozi
Xabibullayeva Laylo Sarvarovna
Xabibullayeva Laylo SarvarovnaArab tili ustozi
Abdusamatova Shoxida Shuxratovna
Abdusamatova Shoxida ShuxratovnaArab tili ustozi
Abduganieva Rushana Radjabovna
Abduganieva Rushana RadjabovnaRus tili ustozi
Ortiqboyeva Maryam Ibrohimovna
Ortiqboyeva Maryam IbrohimovnaTarbiya va Turk tili ustozi
Yozgi oromgoh

Bepul yozgi oromgohlar

Yozda maktab o'quvchilari uchun bepul yozgi oromgohlar tashkil etiladi. Oromgohda quyidagilar bo'ladi:

MatematikaIngliz tiliArab tiliMental arifmetikaOna tiliAdabiyot🏊 Suzish🥋 Karate🤸 Gimnastika🤼 Taekvando🎬 Kino soatlari
QR kod

Saytni telefonda oching

Kamerani QR kodga qarating, maktab sayti darhol ochiladi.

Biz bilan bog'laning

Farzandingiz kelajagini Farabi School bilan boshlang

→Qo'ng'iroq qilish
Savollaringiz bormi?

Qabul va ta'lim haqida ma'lumot olish uchun bizga qo'ng'iroq qiling yoki Telegram'da yozing.